Kasallik avj olganidan buyon butun dunyoda 200 mingdan ortiq holat tasdiqlangan va 8000 dan ortiq kishi vafot etgan.
Buyuk Britaniyada so‘nggi 24 soat ichida 700 dan ortiq holatlar qayd etilib, ularning umumiy soni 2600 dan oshdi. Shotlandiya va Uelsda ham maktablarning yopilishi e’lon qilindi.
Ispaniya mamlakat bo‘ylab barcha mehmonxonalarni yopib qo‘ydi.
Yevropa Ittifoqiga 30 kun davomida sayyohlar kirishi ta’qiqlandi. Ittifoq rahbarlari, shuningdek, o‘zaro chegaralarni yopishni kelishib olishdi.
Ayni paytda AQSH va Kanada chegarasi - dunyodagi ikki mamlakat o‘rtasidagi eng katta quruqlikdagi chegara yopilmoqdi. Tafsilotlar hali e’lon qilinmagan, biroq har ikki mamlakat rahbarlari buni tasdiqlashdi.
Nigeriya koronavirus eng ko‘p tarqalgan 13 mamlakatdan keluvchi sayyohlar qatnovini ta’qiqladi, chunki Afrikaning eng ko‘p aholisi bo‘lgan ushbu davlatda beshta yangi holat qayd etilgan.
Tashkilotchilar Buyuk Britaniyaning "Glastonburi" festivali va "Eurovison" qo‘shiq tanlovini fuqarolar sog‘ligini muhofaza qilish uchun bekor qilishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar