
Foto: «Simmalieberman.com»
Finlyandiya uchinchi marta ham «World Happiness Report» dunyoning eng baxtli davlatlari reytingida yetakchilik qilmoqda.
Dastlabki o‘ntalikka, shuningdek, Daniya, Shveysariya, Islandiya, Norvegiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Avstriya va Luksemburg kirdi. AQSH — 18, Germaniya — 17, Buyuk Britaniya — 13, Fransiya — 23-o‘rinni egallashgan.
BMT talqiniga ko‘ra, Afg‘oniston, Janubiy Sudan, Zimbabve, Ruanda, Markaziy Afrika Respublikasi, Tanzaniya, Botsvana, Yaman, Malavi va Hindiston dunyoning eng baxtsiz mamlakatlari deb topilgan.
«World Happiness Report» ma’ruzasi har yili tuziladi. Unda 156 ta davlatdagi uzoq umr ko‘rish darajasi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, korrupsiya va boshqalar baholanadi. BMTning baxt to‘g‘risidagi ilk ma’ruzasi 2012 yilda chop etilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar