Foto: «RIA Novosti»
«Kelgusi 20 yil» onlayn-forumida qatnashgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkitlotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich Singapur va Janubiy Koreyaning koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish tajribasini namuna qilib ko‘rsatdi. Bu haqda «RIA Novosti» yozmoqda.
«Singapur va Janubiy Koreya tajribasi — eng yaxshi namuna (koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishda). Virus aniqlanishi bilan uning yo‘llarini to‘sib qo‘yishdi, testlar olishdi, epidemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha an’anaviy tamoyillarga rioya qilishdi», — dedi Vuynovich.
JSST vakilining ta’kidlashicha, Janubiy Koreya jamiyatdagi yuqori darajadagi intizom evaziga koronavirus keng tarqab ketishining oldini oldi.
Eslatib o‘tamiz, JSST 11 mart kuni COVID-19 koronavirus infeksiyasi pandemiyaga aylanganini rasman e’lon qilgandi.
«Worldometers»dan olingan eng so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 617 351 nafarga yetdi, shulardan 28 377 nafari vafot etgan, 137 336 nafar bemor sog‘ayib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Global Janub kimniki?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi