Rossiyalik mashhur siyosatchi Vladimir Jirinovskiy koronavirus sabab ommaviy tadbirlarni, jumladan, sport tadbirlarini bekor qilmayotgan Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni jiddiy tanqid qildi.
“Lukashenko butun Yer yuzi ustidan kulyapti. Hamma joyda qat’iy choralar ko‘rilgan, sport tadbirlari bekor qilingan, hamma joyda odamlar uyda saqlanmoqda. Belarusda esa hamma ko‘chada, stadionlarda. Uning o‘zi esa xokkey o‘ynayapti. U yerda allaqachon bir necha o‘nlab kishilar virusdan zararlangan. Keyin ular yuzlab, minglab bo‘lishi mumkin.
Bunday bo‘lishi mumkin emas, Aleksandr Grigorevich. Xuddi butun sayyora ahmoq va bitta siz aqlli odamdek”, - deb yozdi Jirinovskiy o‘z telegram kanaliga.
Eslatib o‘tamiz, Belarus chempionati ayni damda davom etayotgan Yevropadagi yagona chempionat hisoblanadi. Biroq, Lukashenko hozirgi epidemiologik vaziyat u qadar xavfli emas deb aytmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film