2 770
Hindistonda aktyor Akshay Kumar koronavirus uchun kurash fondiga 3,3 mln dollar xayriya qildi
Hindistonlik aktyor Akshay Kumar koronavirus uchun xayriya fondi tadbirlariga qo‘shildi. U o‘z jamg‘armasidan 250 million rupe (3 million 338 ming AQSH dollari atrofida) xayriya qilgan.
Aktyor tvitterdagi sahifasida o‘z fondidan Hindiston bosh vaziri Narendra Modining xayriya fondiga hissa qo‘shmoqchi ekanini yozdi.
«Hozir hamma narsa insonlar hayoti uchun xizmat qilishi kerakligining ayni vaqti», deya post qoldirgan u.
Aktyorning rafiqasi, kolumnist Tvinkl Kxanna turmush o‘rtog‘ining harakatini olqishlashi va u bilan faxrlanishi haqida yozgan.
Akshay Kumar pul o‘tkazgan PM-CARES FUND («Bosh vazir g‘amxo‘rlik fondi») xayriya tashkiloti 28 mart kuni tashkil etilgan.
Bosh vazir Narendra Modi barcha odamlarni ushbu fondga o‘z hissalarini qo‘shish orqali Hindiston koronavirusga qarshi olib borayotgan urushga yordam berishga chaqirgan edi.
Ayni mana shu chaqiriqni hurmat qilgan holda favqulodda vaziyatda tashkil etilgan fond Hindistonda uzoq vaqt faoliyat yuritishi va sog‘lom turmush tarziga hissa qo‘shishiga umid qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi