date
views 2 925

Xitoyda sutka davomida faqat bir kishi koronavirusga chalindi

Xitoyda sutka davomida faqat bir kishi koronavirusga chalindi
Foto: REUTERS
29 mart kuni Xitoy hukumati koronavirus epidemiyasi to‘xtaganini e’lon qildi.
Xitoyda o‘tgan sutka davomida faqat bir kishi koronavirus yuqtirdi. Bu haqda XXR davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumot berilishicha, koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 31ta holat qayd etilgan, ulardan 30tasi xorijdan kelganlarda aniqlangan. Ayni paytda Xitoydagi kasalxonalarda 2,4 ming bemor bo‘lib, ulardan 633 nafarining holati og‘ir deb baholanmoqda.

29 mart kuni Xitoy hukumati koronavirus epidemiyasi to‘xtaganini e’lon qildi.
22 mart kuni Xitoyda koronavirusga chalingan bir necha o‘n ming kishi simptomlar mavjud emasligi sababli rasmiy statistikaga kiritilmagani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Jurnalistlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Xitoyda koronavirus yuqtirganlar soni 125 mingta bo‘lishi mumkin.

Dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 700 mingdan oshdi. Birinchi o‘rinda AQSH turibdi – 142,3 mingta holat. Keyingi o‘rinlarda Italiya (97,6 ming kishi) va Xitoy (82,1 ming kishi) joylashgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda sutka davomida faqat bir kishi koronavirusga chalindi