Foto: Metro
Avstraliyada Nagget laqabli it karantin paytida jajji qizaloqning yordamchisiga aylandi, deb yozadi Metroga tayanib Daryo.
Qayd etilishicha, Nagget Viktoriya shtatida Sara Jeyn va uning qizi Ava bilan birga yashaydi.
O‘tgan yili Ava qattiq shamollab, kasalxonaga tushib qoldi. So‘ng uning buyraklarida muammo kuzatildi. Shuning uchun qizchaning ota-onasi pandemiya davrida uni himoya qilish uchun qat’iy choralarni ko‘rmoqda. Ava umuman ko‘chaga chiqmayapti va yaqin dugonasini juda ham sog‘inmoqda.
Foto: Metro
Bir kuni Nagget Avaning oldiga bo‘yinbog‘iga bog‘langan qog‘ozcha bilan keldi. Bu uning eng yaqin dugonasi Siannadan xat edi. Ushbu maktub qizcha va uning ota-onasini juda ta’sirlantirdi.
«Ava, bilaman, biz hozir ko‘risha olmaymiz, lekin biz bir-birimizga Nagget orqal xat jo‘nata olamiz. Sababini bilmayman, ammo itlar virus tashimaydi. Sen ham menga xat yoza olasanmi, sog‘-omonligingni bilishim uchun? COVID-19 bir kuni ketadi va hammasi yaxshi bo‘ladi», — deb yozadi Sianna o‘z maktubida.
Foto: Metro
«Bu xat hozirgi og‘ir damlarda yuzimizda tabassum uyg‘otdi. Bolalar shunday beg‘uborki», — deydi Sara Jeyn.
Qizchalar bir muddat it orqali xat almashib turdi. Ular qog‘ozga bir-biriga she’r yozish yoki rasm chizish kabi topshiriqlar yoza boshladi.
Keyinchalik, qizchalarning ota-onasi maxsus pochta qutisini o‘rnatdi. Chunki Nagget xat tashishga erinib qolgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
O‘zbekiston sobiq bosh prokurorining qidiruvdagi o‘g‘li Dubayda 7,9 mln dollarlik ko‘chmas mulkka egalik qiladi