15:45 / 02.04.2020
2 974

Yevropada vaziyat qanday?

Yevropada vaziyat qanday?
Hozirgi kunda Yevropada 30 000 dan ortiq o‘lim holatlari qayd etilgan bo‘lib, grafik ularning tarqalish yo‘nalishini ko‘rsatadi.
Fransiya va Ispaniya mas’ullari seshanba kuni har kungidan ko‘ra ko‘proq o‘limni, ya’ni - Fransiyada 499 va Ispaniyada 849 kishining vafot etganligini qayd etishdi.

Fransiyada rasmiylar og‘ir ahvoldagi bemorlarni Parijdan virus kamroq tarqalgan hududlarga yuborishni rejalashtirmoqdalar, shunga o‘xshash rejalar Ispaniyada ham ko‘rib chiqilmoqda.

Germaniyada kansler Angela Merkel mamlakatning 16 shtati rahbarlari bilan uchrashuvda cheklovlar qancha davom etishi hamda yaqinlashib kelayotgan Pasxa bayrami to‘g‘risida muzokara olib bordi. Germaniyada 77981 ta kasallik holati va 931 kishining vafot etganligi qayd etilgan.

Dunyo bo‘yicha eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakat hozirga qadar 13 155 holatni qayd etgan Italiya bo‘lib qolmoqda. Infeksiyalar soni tobora kamayib ketishiga ham umid bor, ammo mamlakat janubidagi qashshoq hudud jiddiy xavf ostida qolishi mumkin.

Iqtisodiyot vaziri Roberto Gualtiyeri chorshanba kuni Il Fatto Quotidiano gazetasiga bergan intervyusida bu yil YAIMning 6 %ga pasayishi haqiqat ekanligini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropada vaziyat qanday?