Foto: AFP
Shotlandiya bosh shifokori Ketrin Keldervud koronavirus pandemiyasi vaqtida karantinni ikki marta buzgani uchun iste’foga chiqdi.
Bu haqda Shotlandiya hukumati xabar qildi.
U bosh shifokor sifatida odamlarga uyda qolishni tavsiya qilishiga qaramasdan, o‘zi bunga amal qilmay, dam olish kunlari sohilbo‘yida joylashgan hordiq chiqarish uyiga borgan. Uning harakatlanishi The Scottish Sun nashri fotomuxbirlari ob’ektiga muhrlangan. Shuningdek, Keldervud karantin tartibini ikki marta buzgani aniqlangan va bu jamoatchilik tomonidan uning yanada qoralanishiga olib kelgan.
Bosh shifokor qoidalarni buzgani va noo‘rin xatti-harakatlari uchun uzr so‘ragan va Shotlandiya hukumati matbuot anjumanlaridan chetlatilgan. Shotlandiya bosh vaziri Nikola Sterjen Keldervudni himoya qilishga uringan, biroq oxir-oqibat uni iste’foga chiqarishga qaror qilingan.
“Bugun kechki payt birinchi vazir bilan yana bir suhbatimiz bo‘lib o‘tdi va qilmishimga asosli e’tibor koronavirus pandemiyasini yengish uchun mamlakatga yordam berishda hukumat va tibbiy xodimlarni favqulodda muhim ishidan chalg‘itishi mumkinligiga rozi bo‘ldik. Men bosh shifokor lavozimidan yurakda og‘riq bilan iste’foga chiqmoqdaman”, deb aytgan Keldervud. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi