Foto: Getty Images
Koronavirusga qarshi vaksina va uni davolash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar “mislsiz tezlikda” olib borilmoqda. Ta’kidlanishicha, 70 dan ko‘proq davlat vaksinani yaratish ustida ish olib bormoqda.
Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Jenevadagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Gebreyesusning ta’kidlashicha, vaksinani yaratish jarayonini tezlashtirish uchun olib borilayotgan tadqiqotlarga 70 dan ko‘proq davlat qo‘shilgan. Bundan tashqari, 20 dan ortiq kompaniya va tashkilotlar bu yo‘nalishda ish olib bormoqda.
“Virus genomi yanvar boshida tuzilgan va butun dunyoga tarqatilgan. Bu esa testlar ishlab chiqishga va vaksina ustida ishlarni boshlashga imkon bergan”, deb aytgan JSST rahbari.
Uning ta’kidlashicha, JSST yaqin orada vaksinani ishlab chiqishni tezlashtirish va barcha davlatlar vaksinani olishi uchun uning adolatli taqsimlanishi bo‘yicha tashabbusni e’lon qiladi.
“Vaksina va dori-darmon tayyor bo‘lganda, biz ularni butun dunyo bo‘ylab yetkaza oladigan holatda bo‘lishimiz kerak. Bunda badavlatlar va nochorlar orasida farqlanish bo‘lmasligi lozim”, deb aytgan Gebreyesus. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi