Turkmaniston va Tojikiston yangi koronavirus tarqalishi jarayoniga jalb etiladi, ammo sal keyin, deb hisoblaydi Qozog‘istonning yetakchi infeksionisti Dinagul Bayesheva.
Ayni vaqtda, turkman hukumati rasmiy xabarlariga ko‘ra, mamlakatda yangi turdagi koronavirus bilan bemorlanish holatlari qayd etilmagan. Tojikistonda ham BSSTning mamlakatdagi vakili so‘zlariga ko‘ra, COVID-19ni yuqtirganlik holatlari qayd etilmagan.
"Hammasi ushbu mamlakatning muammoga munosabati va odamlarning intizomliligiga, ular barcha tavsiyalarga qanchalik amal qilishlariga bog‘liq. Lekin, hali kech emas. Xitoyda virus avj olganida, ko‘pchilik, Qozog‘istonda ham epidemiya yuz beradi, deb hisoblagan edi, ammo, ko‘rib turganingizdek, infeksiya bizga Xitoydan emas, balki Yevropadan kirib keldi.
Xuddi shu singari Turkmaniston va Tojikiston ham ushbu epidemik jarayonga jalb etiladi, ammo Yevropa davlatlaridan biroz kechroq", - dedi Bayesheva RIA Novostiga bergan intervyusida.
Ekspert so‘zlariga ko‘ra, koronavirus tarqalishi holatida "aholining o‘zini tutishi omillari katta ahmiyatga ega".
"Birinchidan, masofalanish katta ahamiyatga ega, hatto chegaralarni yopmaslik mumkin, agar aholi ushbu tamoyillarga amal qiladigan bo‘lsa. Misol uchun, Yaponiyada chegaralar yopilmadi, qandaydir alohida choralar ham ko‘rilgan emas, lekin ularda bemorlanish va o‘lim darajasi boshqa davlatlardagiga nisbatan ancha past. Ularda niqob taqish, masofalanish odat tusiga kirgan va ular ko‘p vaqtlarini bir-biridan izolyatsiyalangan holda o‘tkazadilar, ularda izolyatsiyalanish ko‘proq kuzatiladi", - dedi Bayeshayeva.
Ekspert shuningdek, koronavirus qayd etilmagan davlatlar katta miqdorda odamlar to‘planadigan tadbirlarni o‘tkazishdan saqlanishi kerak, deydi.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi infeksiyasi tarqalishini pandemiya, deb e’lon qilgan edi. 9 aprel kungi ma’lumotlarga binoan, dunyoda koronavirusni yuqtirganlar soni 1,5 millionga yetgan, virus 209 mamlakat va mustaqil hududlarga kirib borgan, koronavirus 89,4 ming kishi koronavirus qurboniga aylangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi