Foto: «TASS»
Belarusda yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan tibbiyot xodimlari soni 301 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Vladimir Karanikka tayanib, «RBK»ga tayanib Daryo xabar berdi.
Karanikning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalingan tibbiyot xodimlarining aksariyati Minskda, shuningdek, Minsk va Vitebsk viloyatlarida. Vazirning ta’kidlashicha, kasallik tibbiyot xodimlarining ko‘p qismida belgilarsiz o‘tmoqda, ularning hech biri sun’iy nafas oldirish apparatiga ulanmagan.
Belarus Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 2226 kishida COVID-19 aniqlangan bo‘lib, 23 kishi vafot etgan. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 245 kishida koronavirus aniqlangan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining respublikadagi missiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Belarusda kasallar soni keskin ortib ketishi mumkin. Uning ta’kidlashicha, Belarus «koronavirus tarqalishi evolyutsiyasida yangi bosqichga o‘tmoqda». Shu sababli u mamlakat hukumatini infeksiya tarqalishini kamaytirish maqsadida qo‘shimcha choralar ko‘rishga chaqirdi.
Karanikning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda karantin kabi keskin cheklov choralarini joriy etish uchun aniq mezonlar mavjud emas. «Agarda biz ijtimoiy masofalanishni tashkillashtira olsak, u holda buni amalga oshirishimiz darkor. Va bu birinchi navbatda barchamizga bog‘liq: tavsiyalarga qanday amal qilishimizga bog‘liq», — deydi vazir. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi