18:46 / 12.04.2020
4 534

AQSHda ichida sharshara, basseyn va daraxtlar bo‘lgan «butilka ichidagi uy» sotuvga qo‘yildi (foto)

AQSHda ichida sharshara, basseyn va daraxtlar bo‘lgan «butilka ichidagi uy» sotuvga qo‘yildi (foto)
Foto: Esquire
AQSHning Las-Vegas shahrida 1978 yilda qurilgan 18 million dollarlik bunker uy sotuvga qo‘yildi, deb yozadi Esquire'ga tayanib Daryo.
Ushbu uyni qurgan inson bu yerda yashaydigan odamlar uyning yer ostida joylashganini his etmasligi uchun imkon qadar harakat qilgan.

Foto: Esquire
1960 yilda qariyb 70 foiz amerikaliklar yadroviy urushdan qochib qutulib bo‘lmaydi, deb hisoblagan.
Turli baholashlarga ko‘ra, 1965 yilda mamlakatda 200 ga yaqin bunkerlar qurilgan, biroq bu ma’lumotni rasman tasdiqlovchi dalillar yo‘q.

Texaslik arxitektor Jey Sueyzi «butilka ichidagi uy» konsepsiyasini o‘ylab topgan. U yerosti bunkerlarini qurgan hamda ularda yer ustidagi odatiy muhitni yaratgan.

Hozirda sotuvga qo‘yilgan uyni ham Sueyzi biznesmen Jirard Xenderson uchun qurgan.

Yerostidagi uyda basseyn, daraxtlar, gullar bor. Uning devorlariga realistik manzaralar chizilgan. Uy ichida inson o‘zini yerostida ekanligini his etmaydi.

Xabarda aytilishicha, uy ichida sharshara, barbekyu hamda tong otishi, kunduz, quyosh botishi, tunni aks ettiradigan yorug‘lik rejimlari mavjud.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda ichida sharshara, basseyn va daraxtlar bo‘lgan «butilka ichidagi uy» sotuvga qo‘yildi (foto)