Foto: Njeri Mwangi / Reuters
Efiopiyada chigirtkalar 200 ming gektar ekin maydonlarini yo‘q qildi. Natijada millionga yaqin odam ocharchilikka duch kelmasligi uchun shoshilinch yordamga muhtoj, deya xabar beradi Agence France-Presse BMT hisobotiga tayangan holda.
BMT va Efiopiya hukumati tomonidan tadqiqot yaqinda chigirtkalar yopirilishidan o‘tib olgan Afrika mintaqasi yanada dahshatli ofatga tayyorlanayotgan bir paytda o‘tkazilgan. Milliardlab hasharotlar Sharqiy Afrika hududlari, shu jumladan Efiopiya, Somali, Keniya, Jibuti, Eritreya, Tanzaniya, Sudan, Janubiy Sudan va Ugandani qamrab olgan. Mutaxassislar g‘ayrioddiy ko‘p miqdordagi chigirtkalarni so‘nggi 40 yil ichidagi ilk bor kuzatilgan misli ko‘rilmagan yog‘ingarchilik mavsumi bilan bog‘lashmoqda. Faqat Efiopiyaning o‘zida bug‘doy va makkajo‘xori ekilgan dalalar zarar ko‘rdi.
Oziq-ovqat bo‘yicha yordamga muhtoj bo‘lganlarning to‘rtdan uch qismi Efiopiyaning sharqiy cho‘l tumanlarida istiqomat qiladi. BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining Efiopiyadagi vakili Fotima Sayidning ta’kidlashicha, dehqonlarga urug‘liklar va o‘g‘itlar, shuningdek, kreditlar bo‘yicha yordam kerak. Yangi koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq holat va uning oqibatlari ham vaziyatni yomonlashtirmoqda.
«Jabrlangan aholining hayotini, ayniqsa COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq hozirgi inqiroz sharoitida himoya qilish juda muhim», - dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?