
Foto: Daily Mail
Tailandda kallasidan to‘rt marta o‘q yegan sigir omon qoldi. Shundan so‘ng fermer hayvonni so‘ymaslikka qaror qildi, deb xabar beradi Daily Mail.
Tailandning Trang provinsiyasidagi fermer — 43 yoshli Somporn Najin an’anaga aylangan oilaviy bayramda so‘yish uchun sigir sotib olgan. Ma’lum bo‘lishicha, Najin sigirning kallasiga qarata 22-kalibrli pistoletdan o‘q uzgan, biroq o‘q hayvonning terisini teshib o‘ta olmagan.
Shunda Najin yana ikki marotaba o‘q uzgan, biroq bu ham yordam bermagan: sigir omon qolgan. Fermer pistoletni sochma o‘q otadigan miltiqqa almashtirganidan keyingina sigirni yiqitishga muvaffaq bo‘lgan.
Najin xursandligidan ortga burilib, bayramni nishonlashga kirishgan, biroq qaytib kelganida sigirni topa olmagan. Oradan 15 kun o‘tgach, sigir hech narsa bo‘lmagandek oxirgi marta o‘q yegan joyiga qaytib kelgan.

Foto: Daily Mail
Jahl otiga mingan Najin mahalliy chorvachilik departamentiga murojaat qilib, sigirni o‘ldirishga yordam berishlarini so‘ragan, biroq trankvilizatorli o‘q ham hayvon terisini teshib o‘ta olmagan. Shundan so‘ng, erkak sigirni o‘ldirmaslikka qaror qilib, unga «Bunrod» deya laqab bergan. Bu taychada «omad orqali omon qolgan» ma’nosini beradi.

Foto: Daily Mail
TailandSigir Omon QoldiFermer QaroriO‘q YebChorvachilik DepartamentiBayram Nishonlash O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing