date
views 2 530

Angliyalik o‘qituvchi o‘quvchilariga tushlik yetkazish uchun har kuni 10 km masofani piyoda bosib o‘tadi

Angliyalik o‘qituvchi o‘quvchilariga tushlik yetkazish uchun har kuni 10 km masofani piyoda bosib o‘tadi
Foto: Grimsby Telegraph
Angliyaning Grimsbi shahridagi maktab direktori yordamchisi Zeyn Paulz kam ta’minlangan oilalarda yashovchi o‘quvchilariga bepul tushlik yetkazib berish uchun har kuni qariyb 10 kilometr masofani piyoda bosib o‘tadi, deb yozadi Grimsby Telegraph.

Paulzning 18 kilogrammlik ryukzagida ovqatdan tashqari o‘quvchilarining uy vazifalari ham bor. U har kuni eng kamida 78 nafar o‘quvchisini ko‘rib keladi.
Qayd etilishicha, Paulz avval harbiy bo‘lgan, shuning uchun bu ish unga qiyinchilik tug‘dirmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘quvchilarning holidan xabar olish uchun yangi imkoniyat.

Ushbu maktab direktori Kim Lich va yana bir o‘qituvchi uzoqroqda yashaydigan yana 25 o‘quvchiga bepul tushlikni mashinada yetkazib beradi.
Paulz mahalliy aholi tomonidan qahramon deb tan olingan.

«Kimning xabari bo‘lmasa, mening otam — Grimsbidagi maktabda direktor o‘rinbosari. U karantindagi kam ta’minlangan o‘quvchilariga tushlik yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Qahramon. Men u bilan faxrlanaman».
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Angliyalik o‘qituvchi o‘quvchilariga tushlik yetkazish uchun har kuni 10 km masofani piyoda bosib o‘tadi