date
views 3 315

Hindistonda aeroport xodimi karantin paytida uyiga yetvolish uchungina 28 tonna piyoz sotib oldi

Hindistonda aeroport xodimi karantin paytida uyiga yetvolish uchungina 28 tonna piyoz sotib oldi
Foto: «Foodretail.ru»
Hindistonning Allohobod shahrida istiqomat qiluvchi bir kishi karantin paytida piyoz savdogari qiyofasida Mumbaydan uyiga yetib olishga uringan. Bu haqda «CNN» nashri xabar berdi.

Qat’iy izolyatsiya tartibiga qaramay, oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan transport vositalariga shtatlar chegarasini kesib o‘tishga ruxsat berilgan. 21 aprel, seshanba kuni Mumbay aeroporti xodimi Prem Murti Pandey oziq-ovqat bozoridan 28 tonna piyoz xarid qilgan. U sabzavotni ijaradagi yuk mashinasiga ortib, haydovchi yollagan. Prem sabzavot sotuvchisi sifatida karantin paytida o‘rnatilgan postlardan o‘tishni niyat qilgan.

Prem jonajon Allohobod shahrigacha bo‘lgan 1400 km masofani uch kun ichida bosib o‘tgan. Yo‘l davomida uchta shtatdan o‘tgan.
25 aprel, shanba kuni Allohobod politsiyachilari Premning niyatidan voqif bo‘lishgan va uni karantinga joylashgan.

«Unda koronavirus alomatlari yo‘q, lekin ehtiyot yuzasidan ikki haftaga tibbiy muassasaga joylashtirildi», — dedi mahalliy politsiya vakili Arvind Kumar Singx.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda aeroport xodimi karantin paytida uyiga yetvolish uchungina 28 tonna piyoz sotib oldi