
Foto: Foto: Reuters
Liviya milliy armiyasi (LMA) qo‘mondoni Xalifa Haftar 27 aprelda mamlakatni boshqarish armiyaga o‘tishini e’lon qildi.
Haftarning bu boradagi telemurojaatini LMA media-ofisi tarqatgan.
23 aprelda Haftar fuqarolarni 2015 yilda Sxirotda erishilgan siyosiy kelishuvni rad etishga chaqirgan. Bu kelishuv natijasida Milliy kelishuv hukumati shakllantirilgan.
“Liviyaliklar, siz mamlakatni barbod qilayotgan siyosiy kelishuvni to‘xtatish chaqirig‘imizga hamda joriy bosqichda mamlakatni boshqarishga kimni eng munosib deb hisoblasangiz, o‘shanga vakolat berish chaqirig‘imizga “labbay” deb javob berdingiz”, deb aytgan Haftar va “liviyaliklar LMA bosh qo‘mondonligiga mamlakatni boshqarish kabi tarixiy missiyaga vakolat berganini” qo‘shimcha qilgan.
Ayni vaqtda Liviyada qo‘shhokimlik yuzaga kelgan.
LiviyaXalifa HaftarMilliy ArmiyasiSiyosiy KelishuvMamlakatni BoshqarishTelemurojaat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar