Foto: «Kazinform»
Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» dambasining o‘pirilishi sababli Qozog‘istonning bir nechta aholi punktlarida suv toshdi. Bu haqda «Kazinform» xabar bermoqda. Turkiston viloyatining Maktaaral tumanidan 5400 aholi evakuatsiya qilindi.
«Suv oqimini pasaytirish uchun o‘zbek tomoni sug‘orish kanallari shlyuzlarini ochib yubordi. Natijada Turkiston viloyati Maktaaral tumanining chegara kollektorlari suvga to‘ldi. Bu esa kanallardan suv chiqib, Jenis va Jana Turmis aholi punktlarida toshqin yuz berishiga sabab bo‘ldi»,- deyiladi viloyat akimati xabarida.
Viloyat politsiya departamenti boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Mirzakent qishlog‘idagi 4-maktabda 2200 kishiga mo‘ljallangan evakuatsiya markazi tayyorlangan. Turkiston viloyati PD boshlig‘i, general-mayor Qayrat Dalbekov ham texnogen favqulodda vaziyat yuzaga kelgan hududga tashrif buyurdi. Ayni paytda sv toshqini tufayli 5 400 aholi evakuatsiya qilingan. Ba’zi odamlar o‘zlari xavfsiz joyga ko‘chib, boshqalarga yordam berishdi.
Huquqni muhofaza qilish organlari jamoat tartibini va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ish olib bormoqda va boshqa zarur choralarni ko‘rmoqda. Eslatib o‘tamiz, 1 may kuni O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida bo‘lgan avariya oqibatida mamlakatda aholi punktlari suv ostida qolgan.
Natijada QR Turkiston viloyati Maqtaaral tumanida chegara yaqinidagi bir necha kollektor suvga to‘lgan. Maqtaaraldagi markaziy kollektordan suv toshib, Jenis va Jana Turmis qishloqlarini suv bosdi. «Mirzakent - Jenis - Jana Turmis» mintaqaviy avtomagistrali suv ostida qoldi va transport vositalari o‘tishi qiyinlashdi. Turkiston viloyatida toshqini xavfi bor 3 ta qishloq aholisi ham evakuatsiya qilinmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi