Foto: «Asia-Plus»
Tojikistonda 2 may holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 32 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda «Asia-Plus». Kasallanganlarning 15 nafari Dushanbe shahrida, 10 nafari So‘g‘d viloyatida, 5 nafari esa respublikaga bo‘ysunuvchi tumanlarda qayd etilgan.
Xabarda aytilishicha, bu ma’lumotlar mamalakat Sog‘liqni saqlash vazirligining Facebook’dagi sahifasidan olingan bo‘lib, vazirlik sayti yaxshi ishlamayapti.
Mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha dastlabki ma’lumot 30 aprel kuni e’lon qilingandi. Unda 15 kishida koronavirus aniqlangani, kasallanganlarning 10 nafari So‘g‘d viloyatida, 5 nafari esa Dushanbe shahrida ekanligi ma’lum qilingan.
Shu bilan birga, ular qayerda va qanday qilib virus yuqtirib olgani, qaysi kasalxonaga yotqizilgani kabi kasallanish holatlari haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.
Bugun Tojikistonga JSSTning missiyasi uchib kelgan. Avvaloq JSST ekspert komissiyasi mamlakatga tashrifidan so‘ng brifing o‘tkazishi va tahlil bo‘yicha vaziyat qanday ekani borasida rasmiy ma’lumot beradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi