Foto: AP
Shvetsiyaning yetakchi virusologi, mamlakatda koronavirus pandemiyasi ortida karantin kiritilishiga qarshi bo‘lgan Anders Tegnell karantindan voz kechish g‘oyasi to‘g‘ri strategiya bo‘lganiga “uncha ishonchi komil emasligini” tan oldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Aynan Tegnell pandemiya vaqtida Shvetsiyada qat’iy choralardan voz kechish va normal turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashning bosh g‘oyachilaridan biri bo‘lgan. Ayni vaqtda mamlakatda barlar, restoranlar va maktablar ishlashda davom etmoqda.
“Men sendagi bor bilim va vositalar bilan yaxshiroq bo‘lishi uchun harakat qilishining eng asosiysi, deb hisoblayman. Shuningdek, har doim kamtarroq bo‘lish kerak, deb hisoblayman, chunki o‘z qaroringni o‘zgartirishingga to‘g‘ri kelishi mumkin”, deb aytgan mutaxassis.
Shvetsiyaning koronavirus tarqalishiga qarshi kurash modeli ko‘plab bahslarga sabab bo‘ldi. Uning asosiy jihati karantindan va korxonalarning vaqtincha yopilishidan voz kechish hisoblanadi. Misol uchun, AQSH prezidenti Donald Tramp bu modelni tanqid qilgan va “Shvetsiya bu qarori uchun hali katta haq to‘lashini” aytgandi.
Shu bilan birga, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Shvetsiya karantin bekor qilingandan keyin bu borada boshqalarga o‘rnak bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Shvetsiyada koronavirusga chalinganlar soni 22 mingdan oshdi, undan 2679 kishi vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi