Eron pul birligi riyoldan tumanga o‘zgaradi

Eron pul birligi riyoldan tumanga o‘zgaradi
Foto: «Prodengi.kz»
Eron parlamenti vakillari mamlakat pul birligini riyoldan tumanga o‘zgartirish loyihasini tasdiqlashdi. Bu haqda «Parstoday» xabar berdi.
Sayt xabariga ko‘ra, 4 may kuni Eron Islom Respublikasi parlamenti mamlakatdagi pul va bank qonunlarini o‘zgartirish loyihasini qabul qilgan.

Mazkur loyihaning yagona moddasiga asosan, mamlakatda pul va bank qonuni asta-sekin o‘zgartirildi. Eron pul birligi tuman bo‘lib, bir tuman 10 ming riyolga baravardir.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar