08:00 / 07.05.2020
2 104

Boltiq davlatlari o‘zaro chegaralarni ochishga kelishib oldi

Boltiq davlatlari o‘zaro chegaralarni ochishga kelishib oldi
Foto: GLOBAL LOOK PRESS
Boltiq davlatlari - Latviya, Estoniya va Litva bosh vazirlari Krishyanis Karinsh, Yuri Ratas va Saulyus Skvernelis koronavirus pandemiyasi sababli yopilgan o‘zaro ichki chegaralarni 15 maydan ochishga kelishib oldi. Bu haqda Latviya bosh vaziri Krishyanis Karinsh ma’lum qildi.

Bugun Litva va Estoniya bosh vazirlari bilan videoaloqa vaqtida chegaralarni ochishga kelishib oldik. Boltiq davlatlari aholisi davlatlar orasida bemalol harakatlanishlari mumkin bo‘ladi”, deb yozgan Karinsh tvitterda. Uning ta’kidlashicha, boshqa davlatlardan keluvchi fuqarolar 14 kun davomida o‘zlarini izolyatsiyalashlari kerak bo‘ladi.

Yevropada o‘z fuqarolari uchun birinchi bo‘lib chegaralarini Chexiya ochdi. Chexlarga 24 apreldan xorijga chiqishga ruxsat berilgan. Biroq ular xorijdan qaytgach, o‘zlarida koronavirus yo‘qligi haqida tibbiy ma’lumotnoma taqdim qilishlari yoki 2 haftalik karantindan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Boltiq davlatlari o‘zaro chegaralarni ochishga kelishib oldi