Foto: Asia-Plus
Tojikistonda 8 may kuni yana 61 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib «Aziya Plyus» xabar bergan.
Endilikda mamlakatda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 522 nafarga yetdi.
Yana 2 kishi koronavirus qurboni bo‘lgani tasdiqlandi va umumiy o‘limlar soni 14taga yetdi.
So‘nggi bir kunda karantindagilarning 420 nafariga koronavirus aniqlanmagani sababli uyiga ruxsat berilgan. Ayni damda Tojikistonda 4 286 kishi karantinda shifokorlar nazoratida qolmoqda.
Kasallik eng ko‘p poytaxt Dushanbeda (233 nafar) qayd etilgan. So‘g‘d viloyatida 139, Xatlonda 59, Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida 18, markazga bo‘ysunuvchi nohiyalarda jami 83 holat aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, 7 may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev gumanitar yordam sifatida Tojikistonga 144ta mobil tibbiy konteyner yubordi. Bugun qo‘shni davlatga yetib borgan ushbu konteynerlardan Dushanbeda mobil shifoxona quriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak"
Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?»