
Foto: «Moskva»
Ivanov nomidagi ilmiy tadqiqot instituti professori Mixail Shelkanov «Govorit Moskva» radiosiga bergan intervyusida kunlar isishi bilan Rossiyada COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni ortib ketishi mumkinligini taxmin qildi.
«Vaziyat tushunarli, chunki o‘tkir respirator kasalliklarni keltirib chiqaruvchi viruslar tabiiyki havo haroratiga bog‘lanib qolmagan. Bunda kasalliklarga chalingan odamlarning xatti-harakatlari o‘zgaradi», — deydi virusolog.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kunlar ilishi bilan uyda o‘tirishdan zerikkan odamlarning aksariyati ko‘proq ko‘chaga chiqishga intiladi va bu kasallanganlar sonining ortishiga sabab bo‘lishi mumkin.
«Bunda epidemiologik nuqtai nazardan hammasi tushunarli. Afsuski, doim shunday bo‘lgan va keyin ham odamlarning ushbu odati o‘zgarmasa kerak», — degan olim.
7 may kuni rossiyalik boshqa bir virusolog, tibbiyot fanlari doktori Anatoliy Altshteyn ushbu fikrga qarama-qarshi mulohazani bildirgandi. U issiq ob-havoda koronavirusning yuqishi va tarqalishi sekinlashishini aytgan.
«Katta ehtimol bilan yuqori harorat va yoz faslining kelishi — virusga aks ta’sir ko‘rsatadi. Bu issiqlik va quyosh nuri odamlar ichidagi virusni yo‘q qilib yuboradi, degani emas. Yozda odamlarning immuniteti mustahkamroq bo‘ladi, qishdagi kabi binolar ichida diqqatni jamlab yurishga hojat qolmaydi. Biz yozda epidemiyaning susayishiga umid qilyapmiz», — degan Altshteyn.
Rossiyalik VirusologCOVID-19 KoronavirusiO‘tkir RespiratorEpidemiologik NuqtaiVirus TarqalishiOdamlar Xatti-harakati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar