
foto by: Google
AQSHning Michigan universiteti olimlari "ulkan viruslar"ning sayyoramizning qayerida yashiringanligi haqida xabar berishdi.
Qayd etilishicha, ulkan so‘zi ularning tuzilishi hajmi bo‘yicha emas, balki murakkabligi bilan bog‘liq bo‘lib, so‘nggi bir necha yil ichida bunday xavfli “omborxona”lar kutilmagan joylarda aniqlangan.
Xususan, Sibirning doimiy muz qatlamlari hamda Antarktida shunday maskanlar qatorida qayd etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Sibirda aniqlangan viruslarning yoshi 30 mingga teng bo‘lib, ming yilliklar davomida abadiy sovuqda bo‘lishiga qaramay xavflilik darajalarini yo‘qotishmagan.
Bunga esa ularning qoplamalari sabab bo‘lgan. Vaholanki, ushbutashqi qoplamalar istalgan vaqtda uyg‘onishning noyob mexanizmini o‘zida saqlab qolgan holda, virusli genomni har qanday og‘ir sharoitlardan himoya qiladi.
Olimlarning so‘zlariga qaraganda, bunday virusni uyg‘otish uchun esa past pH balansi, yuqori havo harorati va tuz miqdori talab qilinar ekan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar