date
views 2 769

Jangarilar Kobuldagi tug‘uruqxonaga hujum qildi

Jangarilar Kobuldagi tug‘uruqxonaga hujum qildi
Foto: 24.kz
Kobuldagi tug‘uruqxona binosi portlatib, keyin jangarilar tomonidan o‘qqa tutilgan. Oqibatda 16 kishi halok bo‘lgan, yana kamida 15 kishi tan jarohati olgan. Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, bosqinchilarning barchasi yo‘q qilingan.

Ushbu voqeadan so‘ng Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani harbiylarga “Tolibon” jangarilariga ishora qilib, radikallarga qarshi hujum boshlashga buyruq bergan.

Bizning va xalqaro hamjamiyatning murojaatlariga qaramay, “Tolibon” zo‘ravonlikni kamaytirmadi. Buning o‘rniga ular hujumlarini sezilarli darajada oshirishdi. Xavfsizlikni ta’minlash, “Tolibon” hamda boshqa terroristik guruhlarning xurujlari va tahdidlarining oldini olish uchun men afg‘on harbiylariga dushmanga qarshi turishni buyuraman”, degan mamlakat rahbari.

Afg‘onistonning birinchi vitse-prezidenti Amrulla Solih ham hujumda “Tolibon” va uning ittifoqchilarini ayblamoqda.
Ammo “Tolibon“ ularga qo‘yilayotgan ayblovni rad etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jangarilar Kobuldagi tug‘uruqxonaga hujum qildi