17:00 / 20.05.2020
2 427

Putin Habib Nurmagomedovning otasiga eng yaxshi tibbiy xizmat ko‘rsatilishini va’da qildi

Putin Habib Nurmagomedovning otasiga eng yaxshi tibbiy xizmat ko‘rsatilishini va’da qildi
Foto: «RIA Novosti»
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz rossiyalik sportchining otasi Abdulmanap Nurmagomedovning holati haqida gapirib o‘tdi.

«Habibning otasi sun’iy koma holatiga tushirilganini tasdiqlay olaman. Habib so‘nggi kunlarda Vladimir Putin bilan aloqada bo‘lib turibdi. U Abdulmanap Nurmagomedovga eng yaxshi tibbiy xizmat taqdim etilishini va’da berdi. Habibning butun dunyoga murojaati — koronavirus tarqalashini oldini olish uchun uyda qoling», — deydi Abdulaziz.

Avvalroq Nurmagomedovlarning kattasi Moskvadagi harbiy shifoxonada davolanayotgani xabar qilingandi. Koronavirus uning o‘pkasiga jiddiy shikast yetkazgan, shuningdek, Habibning ma’lum qilishicha, uning yuragi qayta operatsiya qilingan. Abdulmanap Nurmagomedovning holati o‘ta og‘irligi bir necha bor ta’kidlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Habib Nurmagomedovning otasiga eng yaxshi tibbiy xizmat ko‘rsatilishini va’da qildi