date
views 2 175

Turli mamlakatlarda karantindan qanday chiqilmoqda?

Turli mamlakatlarda karantindan qanday chiqilmoqda?
Foto: Mediamatic ETEN
2020 yilning 1 may kuni AQSHning Monopoliyaga qarshi federal xizmati (FAS) koronavirusning jahon iqtisodiyotiga ta’siriga bag‘ishlangan ma’ruzasini e’lon qildi. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, virus global iqtisodiy o‘sishni oyiga 20 foizga qisqartirishi mumkin.

Biroq pandemiyaning to‘liq ta’sirini bilish uchun barcha oqibatlarni o‘rganib chiqish kerak bo‘ladi. Shunga qaramay, pandemiya va karantinning ayrim oqibatlarini hozirning o‘zidayoq ko‘rish mumkin: ko‘plab mamlakatlar karantin choralarini asta-sekin yumshatayotgani sababli shahar ko‘chalari, metro va savdo markazlarida yangi texnologik uskunalaro‘rnatilyapti.

Xitoy qat’iy karantindan chiqqan ilk mamlakat bo‘ldi. Mart oyi oxiridayoq internetda ofis va savdo markazlarining kirish qismiga o‘rnatilgan ulkan dezinfeksiya qiluvchi darvozalar suratlari paydo bo‘ldi. Quyida karantin choralari yumshatilayotgan mamlakatlardagi vaziyat aks etgan suratlar to‘plami taqdim etiladi.

Koronavirusdan keyingi dunyo

Ko‘chadagi dezinfeksiya qiluvchi darvozalar
Foto: Dailymail

Xitoy janubi-g‘arbidagi Chunsin shahridagi kompaniya sanoat kompleksi xodimlariga dezinfeksiya vositasini sepish uchun ilk marta dezinfeksiya qiluvchi maxsus tunnel qurdi. Tunnel infraqizil detektorlar bilan jihozlangan. U tunnelga odam kirganini aniqlaydi.

Pandemiyadan keyingi ofis

Endilikda ofisda faqat masofani saqlagan holda ishlanadi
Foto: Reuters

Hozirda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida ofislarni qayta jihozlash ishlari davom etmoqda. Uydan ishlay olmaydigan soha xodimlari alohida xonada faoliyat yuritishmoqda yoki 1,5 metrlik masofa saqlash tartibiga amal qilishmoqda.

Pandemiyadan keyingi maktablar

Janubiy Koreyadagi maktab o‘quvchilari koronavirus tarqalishi oldini olish uchun futbol maydonida imtihon topshirishyapti.
Foto: Reuters

Janubiy Koreya tomonidan qo‘llangan yondashuv ish bermoqda. Janubiy Koreya va Xitoydagi maktablar ishlamoqda, o‘quvchilari esa yangicha sharoitlarda imtihon topshirishmoqda.

Liftda qanday foydalanish lozim?

Shri-Lanka hukumati deyarli ikki oylik karantindan keyin xususiy va davlat kompaniyalari o‘z ofislarini ochishi haqida e’lon qilganidan keyingi liftdagi ijtimoiy masofa.
Foto: Reuters

Uydan chiqishdan oldin qo‘lga qo‘lqop kiyish kerak. Ana shunda lift tugmasini bexavotir bosish mumkin. Bundan tashqari, ayrim hollarda zinapoyadan foydalanish foydaliroq. Nima bo‘lganda ham muayyan vaqt mobaynida ijtimoiy masofani saqlash kerak.

Samolyotda qanday uchish kerak?

Pandemiya parvozlarga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Foto: Douglas R. Clifford/Tampa Bay Times via AP

Yaqinda CNN jurnalisti Vil Ripley xalqaro parvozlar endilikda qanday ko‘rinishda ekanini batafsil tasvirladi. Jurnalist tomonidan olingan foto va videoda Yaponiyadagi deyarli bo‘m-bo‘sh aeroport, tahlillar uchun bankalar, himoya niqoblarini taqib olgan odamlarni ko‘rish mumkin. Ripleyning qayd etishicha, samolyot 109 nafar yo‘lovchi bilan uchgan.

Metroda qanday yurish kerak?

Endilikda Italiya metrosidagi sayohatlar ana shu ko‘rinishda
Foto: AP

Metro – pandemiya davrida salomatlik uchun eng xavfli joylardan biri. Infeksiya tarqalishi xavfini kamaytirish maqsadida turli mamlakatlar metropolitenlari ushbu transport vositasidan foydalanish uchun qoidalar kiritishmoqda. Asosiysi – ijtimoiy masofani saqlash. Umuman olganda, bu yomon emas. Poyezdlar tiqilinch holda yurmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turli mamlakatlarda karantindan qanday chiqilmoqda?