Eng boy merosxo‘rlar ro‘yxatiga 20ta oilaning 281 nafar farzandi kiritildi.
Rossiyalik milliarderning farzandi meros sifatida o‘rtacha 1,56 mlrd dollar olishi mumkin, deb yozmoqda Forbes. Agarda Rossiyaning eng boy 103 biznesmeni boyligini (439 mlrd dollar) ularning barcha farzandlariga (281 nafar) teng bo‘lib berilsa ana shu summa chiqadi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilga solishtirganda Rossiyada milliarderlar soni o‘zgarishsiz qoldi, ammo milliarderlarning farzandlari soni kamaydi —boyligi 1 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan tadbirkorlar ro‘yxatidan 23 nafar farzandi bilan bankir Roman Avdeyev chiqib ketdi.
Eng boy merosxo‘rlar reytingiga 20ta oilaning farzandlari kiritildi.
Reytingni o‘tgan yilgi kabi Yusuf Alekperov boshqarmoqda, unga 18 mlrd dollar meros tegadi.
Undan tashqari, reytingdan quyidagilar joy oldi:
- «Novatek» va «Sibur» kompaniyalarining asosiy egasi Leonid Mixelsonning o‘g‘li va qizi —10,1 mlrd dollardan;
- Ural tog‘-metallurgiya kombinatining asosiy aksiyadori Iskandar Mahmudovning o‘g‘li — 9 mlrd dollar;
- «Yevroxim» va SUEK kompaniyalari egasi Andrey Melnichenkoning qizi va o‘g‘li —7 mlrd dollardan;
- Novolipetsk metallurgiya kombinati egasi Vladimir Lisinning ikki o‘g‘li va qizi —6,7 mlrd dollardan;
- Ural tog‘-metallurgiya kombinati bosh direktori Andrey Kozitsinning qizi — 6,3 mlrd dollar;
- «Novatek» va «Sibur» kompaniyalarining egasi Gennadiy Timchenkoning ikki qizi va o‘g‘li — 5,8 mlrd dollardan;
- «Renova» egasi Viktor Vekselbergning qizi va o‘g‘li — 5,5 mlrd dollardan;
- Dog‘istonlik senator Sulaymon Karimovning ikki qizi va o‘g‘li — 5,3 mlrd dollardan;
- «Interros» egasi Vladimir Potaninning uch o‘g‘li va ikki qizi — 4,7 mlrd dollardan;
- MMK egasi Viktor Rashnikovning ikki qizi — 4,2 mlrd dollardan;
- LUKOYL hammuassisi Leonid Fedunning qizi va o‘g‘li —3,8 mlrd dollardan;
- «Magnit» tarmog‘i asoschisi Sergey Galitskiyning qizi — 3,5 mlrd dollar;
- «Uralkaliy»ning sobiq egasi Dmitriy Ribolovlevning ikki qizi — 3,3 mlrd dollardan;
- «Severstal» egasi Aleksey Mordashovning to‘rt o‘g‘li va ikki qizi —3 mlrd dollardan; “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi