
Janubiy Amerika koronavirusning yangi epitsentriga aylandi. Bu haqda JSST sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan ma’lum qildi.
Braziliya — materikda koronavirusdan eng ko‘p jabr ko‘rgan mamlakat. Koronavirusni yuqtirganlar soni 310 ming kishidan oshib ketib, Braziliya kasallar soni bo‘yicha jahonda uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Rayanning ta’kidlashicha, mintaqadagi vaziyat o‘ta tashvishli — Lotin Amerikasi mamlakatlarida kasallikni yuqtirish bo‘yicha holatlar ko‘payib boryapti.
Koronavirusni yuqtirganlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Peru — 108 ming nafar bemor. Chilida 61 kishi, Ekvadorda 35 ming kishiga kasallik yuqqan.
Janubiy AmerikaKoronavirus YangiJSST Sog‘liqBraziliya MamlakatiLotin AmerikasiTashvishli Vaziyat O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar