3 837
Tojikiston koronavirusdan zararlanish holatlari soni bo‘yicha O‘zbekistonni ortda qoldirdi
© AFP 2019 / BANARAS KHAN
Tojikistonda so‘nggi bir kun davomida 158 kishida koronavirus aniqlandi va koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3 424taga yetdi.
So‘nggi bir kunda 158 kishi koronavirusdan tuzaldi. Bu haqda mamlakatdagi koronavirus statistikasini berib boruvchi covid.tj saytida ma’lum qilingan.
Endilikda Tojikiston kasallanish holatlari soni bo‘yicha O‘zbekistonni ortda qoldirdi.
So‘nggi bir sutka davomida qo‘shni mamlakatda virus sabab o‘lim holati qayd etilmadi. Shunday bo‘lsada, Tojikistonda koronavirusdan vafot etganlar soni Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng ko‘p bo‘lib turibdi - 47 nafar.
Mintaqada eng ko‘p holat Qozog‘istonda qayd etilgan - 9 304 holat. Bu mamlakatda koronavirusga o‘tkazilayotgan testlar soni oshgani sabab kasallik o‘sish darajasi tezlashgan.
Qirg‘izistonda so‘nggi bir kunda 58 kishida virus aniqlanib, umumiy kasallanish holatlari soni 1 520 nafarga yetgan bo‘lsa, O‘zbekistonda virus yuqtirganlar 3 355 nafarni tashkil etmoqda.
Mintaqaning yana bir davlati Turkmanistonda rasman koronavirus aniqlanmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?