00:04 / 02.06.2020
3 093

Green Card javoblari 6 iyunda ma’lum bo‘ladi

Green Card javoblari 6 iyunda ma’lum bo‘ladi
Foto: Shutterstock
AQSHda yashash va ishlash huquqini beradigan Green Card lotereyasining DV-2021 dasturi uchun ro‘yxatdan o‘tganlar javoblarni 6 iyundan boshlab tekshirishlari mumkin bo‘ladi. AQSH davlat departamenti saytida bu borada eslatma berilgan.

2019 yil 2 oktabrdan 5 noyabrgacha bo‘lgan vaqtda ro‘yxatdan o‘tganlar javoblarni AQSH davlat departamenti saytida ishtirokchilar tasdiqlov raqamlarini 2021 yil 30 sentabrgacha saqlab qo‘yishi kerakligi eslatilgan. Agar siz ham yuqorida ko‘rsatilgan muddatda Green Card lotereyasi uchun ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, javoblarni 6 iyundan boshlab quyidagi manzilda (https://dvprogram.state.gov/) tekshirishingiz mumkin.

AQSH davlat departamenti lotereya uchun faqat va faqat ismi ko‘rsatilgan odamning o‘zi tashkilot saytida ro‘yxatdan o‘tishi kerakligini eslatib keladi. Ammo ko‘plab mamlakatlarda, xususan O‘zbekistonda ham ko‘pchilik Green Card uchun ro‘yxatdan o‘tishni murakkab jarayon deb hisoblab, o‘z nomidan ro‘yxatdan o‘tishni maxsus firmalarga ishonishadi. Bunday hollarda lotereya javobini bilish uchun hech qanday pul talab qilinmasligini, javoblar faqat va faqat AQSH davlat departamenti saytida (https://dvprogram.state.gov/) e’lon qilinishini unutmaslik kerak.

Ma’lumot uchun, AQSH davlat departamenti bu yilgi Green Card lotereyasi g‘oliblarini e’lon qilish muddatini 5 maydan 6 iyunga ko‘chirishga qaror qilgandi. Shuningdek, ayni damda AQSHda yashash va ishlash uchun viza berish vaqtincha to‘xtatilgan va cheklov 22 iyungacha amal qiladi. Shu bois cheklov bu yilgi Green Card g‘oliblariga ta’sir qilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Green Card javoblari 6 iyunda ma’lum bo‘ladi