date

Gosuslugi akkauntini buzib, o‘zga xonadonga 55 kishini ro‘yxatdan o‘tkazishdi

Gosuslugi akkauntini buzib, o‘zga xonadonga 55 kishini ro‘yxatdan o‘tkazishdi

Nazran shahrida Rossiya IIV xodimlari firibgarlik sxemasini fosh qildi. Kogalimlik 37 yoshli ayol noma’lum shaxslar bilan til biriktirib, Nazran shahrida yashovchi fuqaroning Gosuslugi portalidagi shaxsiy kabinetiga noqonuniy kirish huquqini qo‘lga kiritgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Jinoyatchilar jabrlanuvchining xabarisiz uning Moskovskaya ko‘chasidagi xonadoniga 55 nafar Rossiya fuqarosini soxta ro‘yxatdan o‘tkazgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ro‘yxatga olish bolalar nafaqalari va homilador ayollar uchun to‘lovlarni noqonuniy olish maqsadida amalga oshirilgan.

Firibgar ayol Gosuslugi portali orqali «ijorchilar» nomidan mustaqil ravishda arizalar topshirib kelgan. Tintuv jarayonida buzib kirish uchun foydalanilgan texnik qurilmalar, shuningdek, Dog‘iston fuqarolariga tegishli 45 ta pasport va ishonchnomalar topilib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda Rossiya Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga nisbatan yashash joyidan chiqmaslik tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Gosuslugi akkauntini buzib, o‘zga xonadonga 55 kishini ro‘yxatdan o‘tkazishdi