1 869
Boris Jonson Hongkongning 3 mln fuqarosiga Britaniyada yashash huquqini berishga tayyorligini aytdi
Foto: Barcroft Media
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Xitoyda Hongkongning Pekinga qaramligini kuchaytiruvchi yangi qonun qabul qilinadigan bo‘lsa, uch millionga yaqin hongkonglikka qirollikda yashash va ishlash imkoniyatini berishni va’da qildi.
Rasmiy Londonning bu qadami xavfsizlikka doir yangi qonun qabul qilish orqali Hongkong ustidan nazoratni kuchaytirishga urinayotgan Xitoyga xalqaro bosimni kuchaytiradi.
Pekindagilar Boris Jonsonning bu qadami «javobsiz qolmasligi»dan ogohlantirdi.
«Hongkongda yashayotgan ko‘plab odamlar Xitoy qo‘llab-quvvatlashni va’da qilgan hayotlari xavf ostida qolishidan qo‘rqishmoqda, — deb yozgan Jonson The Times of London gazetasidagi kolonkasida. — Agar Xitoy hongkongliklarning bu qo‘rquvini reallikda yaqinlashtirishda davom etsa, u holda Britaniya qo‘l qovushtirib tura olmaydi; aksincha, biz o‘z majburiyatilarimizni bajaramiz va alternativ variant taklif qilamiz».
Rasmiy Pekin Buyuk Britaniya bosh vazirining bu so‘zlarini mamlakat ichki ishlariga aralashuv deb baholadi va Xitoy 1997 yilda tuzilgan, Hongkong boshqaruvi Buyuk Britaniyadan Xitoyga o‘tishi belgilangan kelishuv bo‘yicha barcha majburiyatlarini bajarib kelayotganini ta’kidlagan.
«Biz Birlashgan Qirollikka vaziyatni keskinlashtirmaslikni, o‘z sovuq urushi va mustamlakachilik dunyoqarashini bas qilishni, Hongkong Xitoyga qaytgan reallikni qabul qilishni maslahat beramiz», – degan Xitoy TIV rasmiy vakili Chjao Lijian chorshanba kungi brifingda.
Bloomberg`ning qayd etishicha, Boris Jonson hukumati pandemiyadan so‘ng Xitoy bilan aloqalarni qayta ko‘rib chiqish lozimligini aytmoqda. Xususan, britan rasmiylari XXRning telekom-giganti Huawei Technologies Co bilan rejalashtirilgan loyihalarni to‘xtatib qo‘yishi ehtimoli bor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi