
Foto: Getty Images
Shvetsiyada ishlash talab etilmaydigan ish taklif qilinmoqda. Ishchidan ertalab va kechqurun muayyan soatlarda chiroqni yoqish va o‘chirishgina talab etiladi. Qolgan payt u bo‘sh bo‘ladi. Buning uchun ishchiga 2,3 ming dollar maosh to‘lanadi.
Shvetsiyada “orzudagi ish” taklif qilinmoqda. Bu ishda ishlash talab etilmaydi. Xodimdan Geteborgda qurilayotgan Korsvägen stansiyasiga kelib, ish kunining boshida va oxirida chiroqni yoqish va o‘chirishgina talab etiladi. Qolgan vaqt u bo‘sh bo‘ladi.
Vakansiyaning ta’rifida ishchiga oylik maosh hayotining oxirigacha to‘lanishi aytilgan. Ish beruvchi butun dunyodan ushbu ishga kirish uchun 125 ta ariza olgan. Arizalar nafaqat Shvetsiya, balki AQSH, Filippin, Tayvan va boshqa davlatlardan jo‘natilgan.
“Umrbod lavozim” deb nomlangan ushbu loyiha mualliflari rassomlar Simon Goldin va Yakob Sennebyu hisoblanadi. Ular bu ish uchun 2,3 ming dollar maosh to‘lashga tayyorlar.
Art-eksperiment mualliflari oylik maoshni 120 yil davomida to‘lashmoqchi. Bu mablag‘larni Shvetsiya badiiy kengashi va transport boshqarmasi ajratgan.
“Orzudagi ish”ni Geterborgda yashovchi yoki unga ko‘chib o‘tishga tayyor bo‘lgan odam olishi mumkin. Loyihada yil sayin tobora kuchayib borayotgan jamiyatdagi tengsizlikka e’tibor qaratish maqsad qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar