date
views 4 480

Dubaydagi superkarlarning ulkan «axlatxonasi» namoyish etildi (Video)

Dubaydagi superkarlarning ulkan «axlatxonasi» namoyish etildi (Video)
Foto: «Carsweek.ru»
«Supercar Blondie» blogeri buzilgan va tashlab ketilgan minglab avtomobillar saqlanayotgan Dubaydagi ulkan avtoturargohni videoga oldi.

Maydonchada turli ishlab chiqaruvchilarga qarashli mashinalar bor — ommaviy va budjet variantlaridan luks superkarlargacha. Ular u yerda turli sabablarga ko‘ra saqlanmoqda. Keyinchalik hammasi auksionda sotuvga qo‘yiladi. Ko‘pgina mashinalar jiddiy shikastlangan, biroq ideal holatdagi avtomobillarni ham topsa bo‘ladi: egalari mamlakatdan qochib ketgan bo‘lsa, ajab emas.

Bloger Ferrari, Lamborghini, Maserati kabi superkarlarga, Mercedes va BMW kabi dabdabali sedanlarga, shuningdek, Rolls Royce kupesiga e’tibor bergan. Ulardan tashqari, kadrlarda luks nemis yo‘ltanlamasi va Tesla elektromobillarini ham ko‘rish mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubaydagi superkarlarning ulkan «axlatxonasi» namoyish etildi (Video)