
Foto: Sergey Fadeichev/TASS
9 iyun kuni Moskvada Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino aktyori Mixail Yefremov mast holatda sodir etgan avtohalokat oqibatida 57 yoshli Sergey Zaxarov vafot etgandi. Bu voqea Rossiyada keng muhokamalar markazida bo‘ldi.
Ko‘pchilik aktyorni keskin qoralab, u o‘z tanishlarini ishga solib qutulib ketishi haqida gapira boshladi. Yefremov voqeadan 4 kun o‘tib videomurojaat yo‘lladi va barchadan kechirim so‘radi.
«O‘sha la’natlangan dushanbadan keyin to‘rt kun o‘tdi. O‘shanda ham, hozir ham nima deyishni bilmayman. Ular qabul qilmasligini bilsam-da, Sergey Zaxarovning oilasidan kechirim so‘ramoqchiman. Men ularga har qanaqasiga yordam berishga tayyorman. Yo‘q, bu ularni sotib olishga urinish emas.
Men xotinim, bolalarim, umuman menga ishongan barchadan qanday kechirim so‘rashni ham bilmayman. Mast holatda rulga o‘tirish kechirib bo‘lmaydigan ish. Bu ishim oqibatida men bilan tengdosh ajoyib inson halok bo‘ldi. Uning oilasi azob chekayotganini bilib endi qanday yashayman bilmayman.
Ko‘pchilik meni san’atkor sifatida oqlashlarini aytmoqda. Yo‘q, axir nima bo‘lganini hamma ko‘rib turgan holatda qanday oqlash mumkin? Men bunga harakat ham qilmayman. Shukrki, bularni onam ko‘rmadi...
Bu kino emas, orqaga yo‘l yo‘q. Tamom, endi hech qanday Yefremov yo‘q. Men hammangizga xiyonat qildim. Kechiringlar, boshqa aytadigan gapim yo‘q...», dedi aktyor.
Marhum Sergey Zaxarovning oila a’zolari Yefremovning kechirimini qabul qilmaganliklarini aytishdi. Aktyor ayni damda uy qamog‘ida bo‘lib turibdi. Unga o‘limga olib kelgan avtohalokat keltirib chiqargani uchun 7 yildan 12 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
Mixail YefremovAvtohalokatSergey ZaxarovTeatr va KinoKechirim So‘rashSan’atkor Oqlash O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar