
Sima Alipur
Foto: Tehran Times
Tehran Times nashrining yozishicha 26 yoshli Sima Alipur «Eron kelinlarining onasi» deya e’tirof qilingan, u mamlakatdagi to‘ylarga homiylik qiluvchi eng yosh tadbirkorlardan biri hisoblanadi.
To‘rt yil avval Simaning turmush o‘rtog‘i saraton xastaligi sabab vafot etgan. Musibatdan tushkunlikka tushgan ayol o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ladi, biroq keyinchalik boshqa kelinlarni baxtli qilish niyati sabab hayotga, yashashga bo‘lgan umid va ishonchi qaytadi.
Shundan buyon Alipur jami 530 nafar kam ta’minlangan oilalarning qizlarini turmushga berdi. Sima 200 nafar mehmonga mo‘ljallangan nikoh marosimlarini tashkil qilib, to‘ylar uchun pullar ajratgan.
Shuningdek, Sima Alipur Erondagi odatga muvofiq qiz tomonning o‘z majburiyatlarini bajarishida ishtirok etadi: yosh kelin-kuyovlar uchun mebel va maishiy texnikalar xarid qiladi.
Nashrdagi maqolada Eronda bu kabi xayriya ishlari bilan taxminan 500 nafarga yaqin inson shug‘ullanishi qayd etilgan.
Sima AlipurEron KelinlariYosh TadbirkorXayriya IshlariTo‘y MarosimiKam Ta'minlangan Oilalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar