date
views 2 093

Boris Jonson mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi

Boris Jonson mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mashinasi London markazida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Voqea kurdlar namoyishi ishtirokchisi yo‘lga yugurib chiqqani sababli yuz bergan.

Bosh vazir devonxonasi vakilining xabar berishicha, YTH vaqtida Jonson mashinada bo‘lgan. Hech kim jabrlanmagan.

Guvohlarning ta’kidlashicha, mashina haydovchisi kurdlar namoyishi ishtirokchilaridan biri yo‘lga yugurib chiqqandan keyin tormozni keskin bosishiga to‘g‘ri kelgan. Shunda bosh vazir mashinasi ortidan kelayotgan tansoqchilar mashinasi unga urilib, mashinaning bamperi va yukxonasi eshigiga shikast yetkazgan. YTH sababchisi politsiya tomonidan ushlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Boris Jonson mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi
-->