Foto: CNBC
Dunyoda ishlash va biznes yuritish uchun eng yaxshi joy deya Singapur topildi. Bu haqda Shveysariyaning Menejmentni rivojlantirish instituti (IMD)ga tayanib, CNBC xabar berdi.
Singapur o‘tgan yili ham reytingning yuqori pog‘onasidan o‘rin olgandi. Ish va biznes uchun eng yaxshi davlatlar ro‘yxatidagi ikkinchi pog‘ona Daniyaga nasib ketgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Shveysariya yakun yasagan.
Keyingi o‘rinlardan Niderlandiya, Gonkong, Shvetsiya, Norvegiya, Kanada, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rin olgan. Xitoy 14-o‘rindan 20-o‘ringa tushib ketgan. Luksemburg — 14, Germaniya — 17, Buyuk Britaniya esa 19 pog‘onadan joy olgan.
Rossiyaga reytingning 50-o‘rni nasib etgan bo‘lsa, Qozog‘iston 42-o‘ringa chiqib olgan. 63 davlat o‘rin olgan ro‘yxatning eng oxirida Venesuela joylashgan.
Reytingni tuzishda hukumatning samaradorligi, iqtisodiyotning ahvoli, infratuzilma va biznes samaradorligi hisobga olinadi. Bundan tashqari, mahalliy va xalqaro statistik ma’lumotlardan foydalanilgan. Shuningdek, turli kompaniyalar orasida so‘rovlar o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi