Foto: Foto: Amit Dave / Reuters
Hindistonlik milliarder Mukesh Ambani 4G aloqani ta’minlovchi Jio xizmati aksiyalarini sotgandan keyin Forbes’ning milliarderlar ro‘yxatida yuqoriladi.
Shundan keyin Reliance Industries hind kompaniyasining asosiy egasi Mukesh Ambani eng boy odamlar ro‘yxatining yetakchi o‘ntaligiga kirdi. U, shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan o‘rin olgan yagona osiyolik hisoblanadi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ambani ayni vaqtda reytingning 9-o‘rnini egallamoqda. Uning boyligi bir necha kun ichida 3,5 mlrd dollarga ko‘payib, hozirda 64,6 mlrd dollarga baholanmoqda.
Bir kun avval Reliance Industries kompaniyasi Jio xizmatining 15,2 mlrd dollarlik 24,7 foiz aksiyasini sotganini e’lon qilgan. Aksiyalarni sotib olganlar orasida Facebook ham bo‘lgan. Shundan keyin Reliance Industries aksiyalari bir kun ichida 6 foizdan ko‘proqqa, mart oyidan beri esa deyarli 2 marta qimmatlashgan.
Ayni vaqtda milliarderlar ro‘yxatining eng yuqori pog‘onasini 160 mlrd dollarlik kapital bilan Amazon rahbari Jeff Bezos egallamoqda. Keyingi o‘rinlarni Microsoft asoschisi Bill Geyts va Louis Vuitton Moet Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti Bernar Arno egallamoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi