23:15 / 24.06.2020
2 254

Jeep avtomobillar uchun «yashirin belgi» muallifiga o‘zining istalgan modelini sovg‘a qiladi

Jeep avtomobillar uchun «yashirin belgi» muallifiga o‘zining istalgan modelini sovg‘a qiladi
Foto: The Next Jeep Easter Egg
Jeep kompaniyasi eng yaxshi dizaynerlik shtrixi uchun Next Jeep Easter Egg tanlovini e’lon qildi. Tanlov doirasida eng yaxshi «yashirin belgi» muallifi har qanday turdagi Jeep modelini xarid qilish uchun 50 ming dollarlik sertifikatga ega bo‘ladi, deb yozadi Autoblog.

Avtokompaniya dizaynerlari 2011 yildan buyon (ilk bor — Gran Cherokee yo‘ltanlamasiga) yangi modellarga «yashirin belgi»larni joylashtirib keladi.

Qiziqarli dizaynerlik ishlari orasida Willys haykali, o‘rgimchak, ilon, qor odami, Moxave sahrosi xaritasi, kaltakesak va boshqalar o‘rin olgan.

Foto: The Next Jeep Easter Egg

Foto: The Next Jeep Easter Egg
Endi esa voyaga yetgan AQSH fuqarolari o‘zining kreativ g‘oyasi bilan ushbu tanlovda ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar «yashirin belgi»ni o‘ylab topishlari va uni 2 iyulga qadar tanlovga yuborishlari lozim.

Ishlar o‘ziga xos, brend falsafasiga mos keladigan va amalga oshirish oson bo‘lishi kerak.
Eng yaxshi «yashirin belgi» har qanday Jeep modelini xarid qilish uchun 50 ming dollar sertifikatga ega bo‘ladi. Ushbu mablag‘ hatto eng yaxshi modelga ham yetadi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jeep avtomobillar uchun «yashirin belgi» muallifiga o‘zining istalgan modelini sovg‘a qiladi