
Foto: Twitter / Luca Parmitano
Ochiq kosmosga chiqish jarayoni u yerda bajariladigan ishlardan farqli o‘laroq, alohida tayyorgarlik talab etmaydi. Shu sababli turistlar shunchaki kosmosga chiqarib yuborilib, ularning «o‘ynashi»ga imkoniyat beriladi. Bu haqda NASA astronavti Jeffri Xoffmanga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.
Avvalroq «Energiya» raketa-kosmik korporatsiyasi Space Adventures kompaniyasi bilan ikki nafar turistni 2023 yilda «Soyuz» orqali Xalqaro kosmik stansiyasiga uchirish to‘g‘risida shartnoma imzolaganini ma’lum qilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, turistlardan biri rossiyalik kosmonavt bilan birga ochiq kosmosga ham chiqishi mumkin. Space Adventures prezidenti Erik Andersonning so‘zlariga ko‘ra, bir necha turist ochiq kosmosga chiqish istagini bildirgan, biroq ularning hech biri bilan hozircha shartnoma imzolanmagan.
«Turistga skafandr kiyg‘izib, uning oldiga biror muhim vazifani qo‘yishga intilayotganlarni tasavvur qila olmayman. Ular shunchaki kosmosga chiqadi, qanchadir vaqt sayr qilib, yana stansiyaga qaytadi», — deydi Xoffman.
Xoffman kosmosga besh marotaba parvoz qilgan bo‘lib, u yerda 1,2 ming soatdan ortiq vaqt bo‘lgan, shundan 25 soatini u ochiq kosmosda o‘tkazgan.
Ochiq KosmosNASA AstronavtiTuristlar UchunKosmosga ChiqishSoyuz UchishiSpace Adventures O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar