Foto: Reuters
Erdo‘g‘an moliya vaziri, shu bilan birgalikda kuyovi Berat Albayrakning to‘rtinchi o‘g‘li tug‘ilishi haqidagi tvitiga ayrimlar haqoratli izohlar yozganidan so‘ng ana shunday bayonot bilan chiqdi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqlar hukumat tomonidan qat’iy nazoratga olinishini e’lon qildi.
"Yolg‘on, haqorat, shaxs huquqiga tajovuz qilish va tuhmatlarga to‘lib-toshgan bu kanallar tartibga solinishi shart", - dedi Erdo‘g‘an.
Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra u "bunday ijtimoiy kanallarni butunlay yo‘qotish va nazorat qilish" uchun qonun loyihasini parlamentga imkon qadar tezroq kiritmoqchi.
Erdo‘g‘an moliya vaziri, shu bilan birgalikda kuyovi Berat Albayrakning to‘rtinchi o‘g‘li tug‘ilishi haqidagi tvitiga ayrimlar haqoratli izohlar yozganidan so‘ng ana shunday bayonot bilan chiqdi. Turkiya prezidenti o‘n minglab kishilar bu xabarni ijobiy izohlagani, ammo axloq va insoniylikdan yiroq bo‘lgan ayrim "ablahlar" haqoratlar bilan javob yozishganini aytdi.
Adliya va politsiya organlari ularni aniqlash uchun zudlik bilan harakat boshladi, ular topilib, sud oldida javob beradi, dedi Erdo‘g‘an.
"YouTube, Twitter, Netflix va shunga o‘xshash ijtimoiy tarmoqlarga nima uchun qarshi ekanligimizni endi tushungandirsiz? Aynan mana shunday yaramasliklarni yo‘q qilish uchun", - deb qo‘shib qo‘ydi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak”
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi