
Foto: Aydos Ukibayning tvitter sahifasi
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev koronavirusdan tuzalib chiqdi. Bu haqda elboshining matbuot kotibi Aydos Ukibay tvitter sahifasida ma’lum qildi.
«Menda yaxshi xabar bor. Elboshining bugungi testi manfiy natijani ko‘rsatdi. Shifokorlarning tavsiyalariga ko‘ra, Nursulton Nazarboyev o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimini saqlab turishni davom ettiradi, masofadan turib ishlaydi va toza havoda yurishga vaqt ajratadi», deb yozgan matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, ikki hafta muqaddam Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevda koronavirus qayd etilgani xabar qilingandi.
Nursulton NazarboyevQozog‘iston PrezidentiKoronavirusO‘z-o‘zini IzolyatsiyaAydos UkibayYaxshi Xabar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar