Foto: Getty Images
Ayni vaqtda dunyoda koronavirusdan 17 vaksina odamlarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, ushbu vaksinalar sinovlarining turli bosqichlari o‘tkazilmoqda.
“Vaksinalar orasida Oksford universiteti ishlab chiqqan AZD1222 vaksinasi eng salohiyatlisi hisoblanadi. U birinchi bo‘lib klinik tadqiqotlarning uchinchi bosqichiga o‘tdi, bu esa vaksina uning xavfsizligini aniqlash uchun ko‘plab odamlarda sinalayotganini anglatadi”, deyilgan xabarda.
Shuningdek, 5 ta vaksina sinovlarning ikkinchi bosqichidan o‘tmoqda. Bu bosqichda sinovlar muayyan kasalliklarga ega kamroq sondagi odamlarda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda esa vaksina odatda sog‘lom odamlarda xavfsizligini tekshirish uchun sinaladi.
Olimlar yil oxirigacha qaysi bir vaksina ommaviy qo‘llash uchun tayyor bo‘lishini hozircha ayta olmayaptilar. Ta’kidlanishicha, odatda biror vaksinani ishlab chiqish uchun 10 yildan 15 yilgacha vaqt talab etiladi.
Avvalroq JSST dunyoda koronavirusdan 141 ta vaksina ustida ishlar olib borilayotganini ma’lum qilgandi. JSST yil oxirigacha yuzlab million doza vaksina olinishiga umid qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin