
Foto: RIA Novosti
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru jamoat joylari va transportida niqob taqishni talab qiladigan qonunni bekor qildi.
Bolsonaru davlat organlari, tijorat, sanoat, diniy muassasalar hamda odamlar to‘planadigan yopiq joylarda majburiy niqob taqish talabiga nisbatan veto qo‘ydi.
Muassasalar shuningdek, o‘z xodimlari va mijozlariga bepul niqob berish majburiyatidan ozod qilindi.
Bolsonaru namoyishlarda bir necha marta niqoblarsiz paydo bo‘lgan va koronavirus solayotgan xavfni rad etib keladi.
O‘tgan haftada Braziliya sudi Jair Bolsonaruga jamoat joylarida niqob taqish majburiyatini qo‘ygandi.
Braziliyada epidemiya boshlanganidan buyon 1,5 mln kishi COVID-19ga chalingan, 62 045 kishi vafot etgan.
Braziliya PrezidentiJair BolsonaruNiqob TaqishJamoat JoylariQonun Bekor QilindiKoronavirus XavfiBepul Niqob O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar