18:45 / 07.07.2020
3 938

Olimlar yaqin yillar ichida yangi turdagi koronavirus paydo bo‘lishini prognoz qilmoqda

Olimlar yaqin yillar ichida yangi turdagi koronavirus paydo bo‘lishini prognoz qilmoqda
Yaqin o‘n yillikda hayvondan insonga yuqishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus turi paydo bo‘ladi, biroq uning qanchalik jiddiy xavfga aylanishini hozircha oldindan aytish mushkul. Bu haqda singapurlik olimlarga tayanib, The Straits Times’ xabar berdi.

«Yangi turdagi koronavirus tarqalishini aniq kutish kerak», — deydi Singapur Milliy universiteti qoshidagi yangi yuqumli kasalliklar dasturi rahbari, professor Van Linfa. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qachon sodir bo‘lishi va qanchalik jiddiy tus olishi borasida noaniqlik mavjud.

Professorning ta’kidlashicha, olimlar SARS-CoV-2 insonlardan hayvonlarga, biroz vaqt o‘tib yana teskari yo‘nalish bo‘ylab tarqalishi mumkinligidan xavotirda.

2013 yilda MERS (Yaqin Sharq respirator sindromi) aniqlanganidan so‘ng olimlar yaqin yillar ichida virusning yangi turi paydo bo‘lishini, Janubiy Amerikada vaziyat og‘ir tus olishini oldindan aytgan edi. Hozirda Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 1,6 million kishidan oshmoqda. Linfaning qayd etishicha, ko‘plab joylarda yashaydigan ko‘rshapalaklardan kasallikning qayta tarqalish ehtimolligi eng pessimistik qarashlardan biri hisoblanadi.

Shu bilan birga, So Svi Xok nomidagi Jamoat sog‘lig‘ini saqlash maktabi rahbari o‘rinbosari Aleks Kukning ta’kidlashicha, ayni vaqtda koronavirus bilan kasallanganlar soni rasmiy ko‘rsatkichlardan 10 barobar ko‘p bo‘lishi mumkin.

«Olimlar aniq raqamlarni ayta olmaydi, chunki ko‘plab bemorlarda kasallik belgisiz o‘tmoqda», — deydi ekspert.
Uning so‘zlariga ko‘ra, buni aniqlashning yagona usuli — antitanachalar uchun tahlil topshirish.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar yaqin yillar ichida yangi turdagi koronavirus paydo bo‘lishini prognoz qilmoqda