Britaniyalik olimlar koronavirus miya faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirdi, deb xabar beradi Reuters.
Ta’kidlanishicha, London universiteti xodimlari koronavirusga chalingan 43 kishida insult, yallig‘lanish, miyaning vaqtincha disfunksiyasi, alahsirash va psixoz kabi nevrologik kasalliklar kuzatilganini qayd etgan.
Yangi turdagi koronavirus sabab yuzaga kelgan kasalliklar asosiy respirator hisoblanadi va o‘pkaga shikast yetkazadi, biroq neyrobiologlar uning miyaga ta’sirini isbotlovchi yangi dalillarni qayd etgan.
«Meni koronavirusga chalingan millionlab odamlar tashvishga solmoqda. Bir yildan so‘ng infeksiyadan sog‘ayganlar soni 10 million kishiga yetsa va ularda xotira bilan bog‘liq muammolar kuzatilsa… bu ularning ishchanligi va kundalik faoliyat bilan shug‘ullanishiga ta’sir ko‘rsatadi», — deydi kanadalik neyrobiolog Edrian Ouen.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi ma’lumotlar bu turdagi tadqiqotlarni o‘tkazish, koronavirus asoratlari sabab nevrologik va ruhiy kasalliklar tarqalishini baholash uchun ma’lumotlarni yig‘ish zarurligini ko‘rsatadi.
Avvalroq braziliyalik stomatologlar koronavirus bemor og‘iz bo‘shlig‘iga zarar yetkazishini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyining o‘rtalarida dunyoning 38 davlatidan bo‘lgan 500 dan ortiq olimlar koronavirus sabab bemorlar ta’m va hid bilish hissini yo‘qotayotgani ustida tadqiqot olib borayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Iyun oyi boshlarida esa AQSHdagi tadqiqot markazida koronavirus bilan kasallangan bemorlarda hid bilish qobiliyatining nima sababdan yo‘qolayotgani aniqlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?